Eron Trampni general Sulaymoniyning o‘limida asosiy aybdor deb hisoblamoqda
Avvalroq Eron inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Ali Bag‘iriy Qaniy mamlakat hukumati Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador 48 kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Eron AQSh prezidenti Donald Trampni Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni, general Qosim Sulaymoniyning o‘limida "birinchi raqamli" aybdor deb hisoblaydi. Bu haqda Eron sud hokimiyati rahbari Ibrohim Raisiyga tayanib Fars agentligi xabar berdi.
"Tramp – shahid Sulaymoniyning o‘limiga javobgar bo‘lgan birinchi raqamli jinoyatchi", dedi Raisiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning yuqori darajadagi arboblari mazkur jinoyat bo‘yicha tergovdan qochib qutula olishmaydi va "shahid Sulaymoniyning o‘limi uchun javob berishlari shart". Raisiyning qo‘shimcha qilishicha, Eron bu ishni o‘rganish uchun tegishli mexanizmlarni ishga soldi va yetarlicha dalillarga ega.
Dushanba kuni Eron inson huquqlari bo‘yicha kengash rahbari Ali Bag‘iriy Qaniy mamlakat hukumati Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador 48 kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgani va ularni javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘rilgani haqida ma'lum qilgandi.
Qosim Sulaymoniy shu yil 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh droni zarbasi natijasida o‘ldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:45
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024