Jahon | 15:56 / 30.12.2020
8134
1 daqiqa o‘qiladi

Honda Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatadi

Rossiyada noyabr oyida bor-yo‘g‘i 79 dona Honda avtomobili sotilgan.

Foto: EPA-EFE/NEIL HALL

Yaponiyaning Honda avtokonserni 2022 yildan Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatadi. Bu haqda «Xonda Motor Rus» shu'ba kompaniyasi ma'lum qildi.

Kompaniyaning izoh berishicha, Honda Motor jahon avtomobilsozlik sanoatida davom etayotgan o‘zgarishlar sharoitida amaliyotlarni restrukturizatsiya qilishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirmoqda. 

Honda Rossiyada o‘z avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni davom ettirishga va'da bergan.  

Hozirda Honda Rossiyada dilerlar orqali o‘zining atigi ikkita —Honda CR-V va Honda Pilot krossoverlarini sotmoqda. 

Yevropa biznesi assotsiatsiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada noyabr oyida bor-yo‘g‘i 79 dona Honda avtomobili sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu oyidagiga nisbatan ikki baravarga kam. Honda Rossiyada avtomobillarini sotuvchi kompaniyalar orasida 40-o‘rinda turibdi. Kompaniya yil boshidan beri 1383 dona avtomobil sotgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid