Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olishdan voz kechdi
Mamlakat bosh vaziri Viktor Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Budapesht vaksinani Yevroittifoq xarid mexanizmi bo‘yicha yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoydan sotib oladi.
Foto: RIA Novosti
Vengriya Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olishdan voz kechdi. Bu haqda Reuters mamlakat bosh vaziri Viktor Orbanga asoslanib xabar berdi.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ishlab chiqarish uchun Rossiyaning quvvati yetarli emas. Shu bois Budapesht vaksinani Yevroittifoq xarid mexanizmi bo‘yicha yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan sotib oladi.
Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi bu xabarni rad etdi.
«Afsuski, Vengriya «Sputnik V» vaksinasini sotib olishdan voz kechgani to‘g‘risida Reuters tarqatgan xabar obro‘li OAVning yolg‘on xabari namunasidir», — deyiladi fond matbuot xizmati tomonidan.
Qayd etilishicha, Vengriya 28 dekabrda vaksinaning birinchi partiyasini olgan va fond yanvar-mart oylarida mamlakatga zarur bo‘lgan barcha vaksinani yetkazib berishga tayyor.
Avvalroq Yevrokomissiya vakili Erik Mamer Vengriya Rossiya vaksinasini YeI tomonidan ma'qullangan taqdirdagina sotib olishi mumkinligini aytgandi.
«Agar YeIning biror mamlakati sertifikatlashtirilmagan xorij vaksinasini sotib oladigan bo‘lsa, Yevrokomissiya chora ko‘rishga majbur bo‘ladi», — deb ogohlantirgandi Mamer.
Mavzuga oid
22:47 / 14.04.2026
Orban yutqazdi. Tramp, Putin va Netanyahuning qo‘lloviga qaramay
21:18 / 14.04.2026
“Viktor Orban Yevroittifoq ichidagi eng katta chayqovchi edi” - siyosatshunos
09:48 / 14.04.2026
Mojar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
21:14 / 13.04.2026