Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusga qarshi emlanganlarga sertifikat berish boshlandi
Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning ta'kidlashicha, elektron sertifikat avtomatik rejimda taqdim etiladi, koronavirusga qarshi emlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlar registrga kiritilgan.
Rossiyada 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat xizmatlari portali orqali koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni olish mumkin. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma'lum qildi.
«Vaksinatsiya qilinganlar davlat xizmatlari saytidagi shaxsiy kabinetida koronavirusga qarshi emlanganligi to‘g‘risidagi sertifikatni olishi mumkin», — dedi Murashko.
Uning ta'kidlashicha, elektron sertifikat avtomatik rejimda taqdim etiladi, koronavirusga qarshi emlangan shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlar registrga kiritilgan.
Murashkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada 800 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi.
Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi 11 avgustda ro‘yxatga olingandi.
Dekabr boshlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlashni boshlash to‘g‘risida topshiriq berdi. 15 dekabr kuni bosh vazir Mixail Mishustin Rossiyada ommaviy emlash boshlanganligini e'lon qildi.
Moliya vaziri Anton Siluanovning so‘zlariga ko‘ra, vaksinatsiya 75-100 mlrd rublga tushadi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026