Jahon | 15:04 / 04.01.2021
55434
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiyada o‘zbekistonlik ayol o‘z joniga qasd qildi

Izmirda joylashgan binoning 10-qavatidan sakragan ayol o‘zbekistonlik bo‘lgani yozilmoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 2 yanvar kuni o‘zbekistonlik 28 yoshli Mubinabonu B. Turkiyaning Izmir shahri Karshiyak tumani Mavishehir mahallasida joylashgan ko‘p qavatli binoning 10-qavatidan sakrab, o‘z joniga qasd qilgan. Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qizning psixologik muammolari bo‘lgan. O‘z joniga qasd qilgani gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik qiz zudlik bilan Bakirchoy universiteti o‘quv-ilmiy shifoxonasiga yotqizilgan va shu yerda og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan. Hodisa yuzasidan mahalliy politsiya tergovga qadar surishtiruv boshlagan.

Kun.uz hodisa yuzasidan Tashqi ishlar vazirligiga so‘rov yubordi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Turkiyaning Jivril shahrida O‘zbekiston fuqarosining majburan ushlab turilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. TIV ushbu masalaga oydinlik kiritib, rasmiy axborot bergan.

Avvalroq, 2020 yil 12 dekabr kuni Istanbul shahrining Chatalja tumanida yuzaga kelgan o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi X.X. jarohat olib, vafot etgani xabar qilingandi.

Алишер Рўзиохунов
Tayyorlagan Алишер Рўзиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid