Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 7ta avtobus yo‘nalishi maqbullashtiriladi
Toshkent shahridagi yo‘nalishlar tarmog‘ini maqbullashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda poytaxt Transport boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 27 dekabr sanasidan Toshkent metropoliteni Chilonzor yo‘nalishining davomi, 5ta bekatdan iborat Sergeli yer usti metro yo‘nalishi ishga tushirilishi munosabati bilan, 2021 yil 11 yanvar sanasidan 8-, 32-, 38-, 80-,131-, 132-, 133-sonli avtobus yo‘nalishlari maqbullashtiriladi.
Xabarda aytilishicha, bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi “Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 157-sonli qaroriga asosan avtobus yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026