O‘zbekiston | 16:03 / 07.01.2021
16579
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzarlarga jarima qo‘llash boshlandi

Farg‘ona viloyatida dronlar yordamida aniqlangan qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirish boshlandi. Bu haqda 7 yanvar kuni viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan boshlab Farg‘ona viloyatida yo‘l harakati qoidalariga va jamoat joylarida tibbiy niqob rejimiga rioya etilishi ustidan dronlar yordamida nazorat o‘rnatilgan.

Belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan, piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilar hamda tibbiy niqobdan foydalanmagan, jamoat tartibini buzgan fuqarolar huquqbuzarliklari aniqlanadi.

2020 yil 17 oktyabrdan e'tiboran, Farg‘ona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolarni kameralar yordamida aniqlab, jarimaga tortish boshlangan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid