2021 yilning 1 yanvaridan Farğona viloyatida qoidabuzarliklarni aniqlaşda dronlardan foydalaniladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Ma'lum bölişiça, uşbu qurilmalar yordamida kun-u tun patrullik taşkil etilib, belgilangan tezlikka, yöl çiziqlariga, svetofor işoralariga amal qilmagan, piyodalar ötiş joylarida piyodalarga yöl bermagan haydovçilar, şuningdek, jamoat joylarida tibbiy niqobdan foydalanmagan hamda jamoat tartibini buzgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik fiksatsiya qilinadi.

«Hurmatli fuqarolar, maqsadimiz sizlarni jarimaga tortib, moliyaviy ziyon yetkaziş emas. Aksinça, inson hayoti va soğliğiga daxldor bölgan qoidalarga amal qilişingizni ta'minlaşga qaratilgan», – deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 2020 yil 17 oktyabrdan e'tiboran, Farğona viloyatida jamoat joylarida niqobsiz yurgan fuqarolar kameralar yordamida aniqlanib, jarimaga tortilmoqda.