Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson Buyuk Britaniya shifoxonalari maksimal darajada to‘lganini ma'lum qildi
O‘tgan sutkada mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari bilan bog‘liq rekord – 68053ta holat qayd etilgan. Shuningdek, o‘lim holatlari bo‘yicha antirekord ham yangilangan - 1325ta o‘lim.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash tizimi koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatdagi shifoxonalarning maksimal darajada to‘lishi holatiga duch keldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma'lum qildi.
"Shifoxonalarimiz pandemiya boshlanganidan buyon eng kuchli bosim ostida qoldi, kasallanish sur'ati esa xavotirli tezlikda oshmoqda", - deb yozdi u tvitterda.
Jonsonning qayd etishicha, "vaksina bizga yangi umid berdi, ammo hozir uyda qolish, milliy sog‘liqni saqlash xizmatini himoya qilish va odamlar hayotini saqlab qolish juda muhim".
Britaniya OAVning xabar berishicha, o‘tgan sutkada mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari bilan bog‘liq rekord – 68053ta holat qayd etilgan. Shuningdek, o‘lim holatlari bo‘yicha antirekord ham yangilangan - 1325ta o‘lim.
Sky news telekanalining ekspertlar fikriga tayanib ma'lumot berishicha, Angliyada har 50 kishidan biri, Londonda esa har 30 kishidan biri kasallikka chalingan.
8 yanvar kuni Londonda favqulodda holat e'lon qilindi.
Worldometers saytining yozishicha, Buyuk Britaniyada jami kasallanish holatlari 2,95 milliondan oshgan, 79,8 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026