Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy JSST ekspertlarining mamlakatga kirishiga ruxsat berdi
Olimlar guruhi Xitoyga 14 yanvarda yetib keladi, ammo tadqiqot ishlarini ikki haftalik karantinni o‘tab bo‘lganidan keyin boshlashi mumkin bo‘ladi.
Foto: Picture Alliance
Koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro ekspertlar guruhi yaqin vaqt ichida Uhanda ish boshlashi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lum qilishicha, Xitoy hukumati mutaxassislarning mamlakatga kirishiga ruxsat bergan.
Olimlar guruhi Xitoyga 14 yanvarda yetib keladi, ammo tadqiqot ishlarini ikki haftalik karantinni o‘tab bo‘lganidan keyin boshlashi mumkin bo‘ladi.
JSST va Pekin o‘rtasida Xitoyda koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha muzokaralar bir necha oy avval boshlangandi. 5 yanvar kuni JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus rasmiy Pekin tashkilot xodimlarining mamlakatga kirishiga ruxsat bermaganini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy so‘nggi daqiqalarda rad javobini bergan.
Xitoy buni JSST ekspertlarida ayrim hujjatlarning yo‘qligi va delegatsiyani qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rishga oid qiyinchiliklar bilan izohlagandi.
Mavzuga oid
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026
Dunyo yangi global pandemiya ostonasida turibdi – JSST va GPMB
22:35 / 17.05.2026