Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy Rossiyaga qaytayotganligini ma'lum qildi
Navalniy o‘tgan yilning 22 avgustida Germaniyadagi “Sharite” klinikasiga yotqizilgandi va 23 sentyabrda shifoxonadan chiqarildi.
Foto: Reuters
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ushbu hafta oxirida Rossiyaga qaytishini ma'lum qildi.
"Mening oldimda "qaytsammi-yo‘qmi" degan savol hech qachon turmagan. Chunki men ketganim yo‘q. Men reanimatsiya qutisida ketib Germaniyada paydo bo‘lib qoldim. 17 yanvar, yakshanba kuni uyga qaytaman. Kutib oling", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda o‘zini yomon his qilgan va samolyot Omsk shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga tushgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Sharite» klinikasiga olib ketilgach, 7 sentyabrgacha koma holatida bo‘ldi.
Keyinchalik oyoqqa turgan Navalniy o‘zining zaharlanishi shaxsan Vladimir Putinning topshirig‘i bilan amalga oshirilganini aytgan. Navalniy shifoxonadan 23 sentyabrda chiqdi.
Mavzuga oid
21:06
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
20:32
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
09:07
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qozog‘iston va Rossiyaga ko‘chib ketmoqda
08:52