Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York hokimiyati Donald Tramp bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilmoqchi
Tramp kompaniyalari Nyu-York hokimiyati bilan ko‘plab shartnomalarga ega. Bu shartnomalar uning kompaniyalariga yiliga 17 mln dollarga yaqin daromad keltiradi.
Foto: Reuters
Nyu-York hokimiyati Donald Tramp bilan hamkorlikdagi tadbirkorlik munosabatlariga chek qo‘ymoqchi.
"Shartnomalarda agarda korxona yoki korxona rahbariyati jinoiy faoliyatga aralashgan bo‘lsa, shartnomani bekor qilishga huquqimiz borligi yozib qo‘yilgan. AQSh hukumatiga qarshi isyon ko‘tarishga da'vat qilish jinoiy faoliyat hisoblanadi", - dedi Nyu-York meri Bill de Blazio.
Tramp kompaniyalari Nyu-York hokimiyati bilan ko‘plab shartnomalarga ega. Bu shartnomalar uning kompaniyalariga yiliga 17 mln dollarga yaqin daromad keltiradi.
Nyu-York hokimiyati Trampning tarafdorlari 6 yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosiga hujum qilganidan so‘ng u bilan tuzilgan shartnomalar qayta ko‘rib chiqilishini e'lon qildi.
O‘sha kungi tartibsizliklarda besh kishi halok bo‘ldi. Ammo sodir bo‘lgan voqealarda Tramp yuridik jihatdan aybdor ekanligi hozircha isbotlanmadi.
Mavzuga oid
14:18 / 24.05.2026
AQSh tez orada Eron bilan tinchlik bitimi e’lon qilishi mumkin
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
18:15 / 20.05.2026