Jahon | 16:18 / 14.01.2021
1981
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlash boshlandi

Avvalroq Turkiya dori vositalari va tibbiyot jihozlari bo‘yicha qo‘mitasi shoshilinch vaziyatlarda Sinovac vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi. Mamlakat 30 dekabrda 3 mln doza vaksina olgan.

Foto: AP Photo/Emrah Gurel

Turkiyada Xitoyning Sinovac kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksina bilan aholini emlash boshlandi

"Vaksina barcha viloyatlardagi jamoat sog‘lig‘ini saqlash xizmatlari omborlariga yetkazildi. Bugun yangi davrning birinchi kuni", - dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

 Qayd etilishicha, dastlab tibbiyot xodimlari emlanadi. 

 Avvalroq Turkiya dori vositalari va tibbiyot jihozlari bo‘yicha qo‘mitasi shoshilinch vaziyatlarda Sinovac vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi. Mamlakat 30 dekabrda 3 mln doza vaksina olgan.

Pandemiya boshlanganidan beri Turkiyada 2,3 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 23 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid