O‘zbekiston | 23:03 / 14.01.2021
10212
2 daqiqa o‘qiladi

«Vatanimga xizmat qilaman» - Askarlarning bir kuni

Kun.uz sayti 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Pop tumanida joylashgan harbiy qismda kursantlar bilan bir kunni o‘tkazdi. 

Tong yorishar ekan askarlar eng birinchi navbatda tashqarida badantarbiya mashqlarini bajarishadi. Sovuq qish faslida ham kun hali yorishmasdan askarlar chiniqish holatida bo‘ladi.

Badantarbiya mashqlaridan keyin askarlar nonushta qilishga shaylanadilar. To‘yimli va mazali taomlardan nonushta qilgan askarlar kunni a'lo kayfiyatda o‘tkazishadi.

Jangovar shaylik, avvalo, ilm bilan. Kursantlar nafaqat jismonan balki, aqlan ham kuchli bo‘lishi kerak. Shu sababli nazariy o‘quv mashqlarida sinchkovlik bilan qatnashadilar.

Askarlar bilan kartografiya darsida qatnashdik. Saboqlar davomida askarlarga jang maydonlarida hudud joylashishidan kelib chiqib yo‘l tanlash, harakatlanish kabi kerakli bilim va ko‘nikmalar berib boriladi.

Dars jarayonlarida olingan nazariy bilimlarni dala o‘quv mashg‘ulotlarida mustahkamlash kerak. Bu borada kursantlarning mahoratiga poligonda guvoh bo‘lish mumkin.

Ushbu dargohda dam olish kunlari kursantlar o‘rtasida sport musobaqalari hamda QVZ, «Zakovat» bilimdonlar o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu esa askarlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.

Tohirjon Tursunov tayyorladi

Mavzuga oid