Sport | 23:40 / 17.01.2021
6318
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «MYu» «Liverpul» bilan o‘yinda peshqadamlikni saqlab qoldi

Foto: Twitter/PremierLeague

Angliya Premer-ligasi 19-turi doirasidagi markaziy bahs «Enfild Road» stadionida o‘tdi.

Mavsumning eng muhim o‘yinlaridan birida peshqadamlik qilayotgan ikki azaliy raqib «Liverpul» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. 

Qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy o‘tgan bahsda ikki tomon ham golli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, bahsda hisob ochilmadi – 0:0.

Natijada «MYu» 37 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolgan bo‘lsa, «Liverpul» 34 ochko bilan 3-o‘ringa tushdi.

APL. 19-tur

Liverpul – Manchester Yunayted 0:0
Liverpul – Alisson, Fabino, Aleksander-Arnold, Roberson, Veynaldum (Milner, 89), Tiago Alkantara, Salax, Shaqiri (Jons, 76), Mane, Xenderson, Firmino (Origi, 85).
Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Shou, Lindelef, Uan-Bissaka, Fred, Maktomini, Pogba, Brunu Fernandesh (Grinvud, 89), Marsyal (Kavani, 61), Reshford.
Ogohlantirishlar: Shaqiri (33), Fabino (66), Reshford (90).

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid