Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vatikan O‘zbekistondagi yangi elchisini tayinladi
Vatikan matbuot xizmatining xabarnomasiga ko‘ra, Pestum arxiyepiskopi Jovanni d'Aniyello O‘zbekistondagi yangi apostol nunsiysi (Vatikan elchisi) etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.
Rim papasi Fransiskning qaroriga ko‘ra, 66 yoshli diplomat bir vaqtning o‘zida Rossiya va O‘zbekistonda Vatikan manfaatlarini bildiradi.
Jovanni d'Aniyello 1955 yil 5 yanvar kuni Italiyada tug‘ilgan. O‘rta maktab va gimnaziyani tugatgach, Salerno shahridagi Mintaqalararo seminariya va Kampano Papa seminariyasida falsafa va ilohiyot yo‘nalishlarida ta'lim olgan. U Rimdagi Papa Lateran universiteti va Muqaddas Foma Papa universitetida kanonik huquqni o‘rgangan, kanonik huquq doktori ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Bundan avvalroq diplomat Vatikanning Braziliya, Kamboja va Tailanddagi elchisi lavozimlarida ishlagan, Kongo, Laos va Myanmada faoliyat yuritgan.
Jovanni d'Aniyello Chelestino Milore o‘rniga tayinlandi. Ch.Milore esa Vatikanning Fransiyadagi elchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026