O‘zbekiston | 00:19 / 20.01.2021
17918
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: «Ma'naviyat kerakmi-yo‘qmi deb yurganlar ham yo‘q emas»

Prezident Shavkat Mirziyoyev ma'naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda milliy mafkura deganda nima tushunilishi haqida gapirib o‘tdi.

«Afsuski, hali oramizda milliy g‘oyaning, ma'naviyatning mohiyatini to‘liq anglab yetmaganlar, ma'naviyat kerakmi-yo‘qmi deb yurganlar ham yo‘q emas.

Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchiq toshayotganlar ham yo‘q emas. Bu ham haqiqat.

Lekin agar mafkura odamiy bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini, uning qadr-qimmatini ulug‘lashga xizmat qilsa, nima uchun undan qo‘rqishimiz kerak?

Hamma harakatlarimizning asosi – xalqimizni rozi qilish. Shu munosabat bilan ta'kidlab aytmoqchiman, biz yaratayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi – ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi.

Biz mafkura deganda avvalo fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz.

Albatta, bu yuksak g‘oyalar osmondan tushmagan. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan», – dedi Shavkat Mirziyoyev 19 yanvar kungi selektorda.

Prezident pandemiya davrida O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan birdamlikni milliy qadriyatlarga bir misol sifatida eslab o‘tdi.

Mavzuga oid