Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Saudiya Arabistonida harbiy bazalar qurish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
AQSh bu maqsadda Qizil dengiz sohilidagi Yanbu porti hamda Tabuk va Taif aerodromlaridan foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Amerika harbiylari Saudiya Arabistoni hududida qo‘shimcha harbiy bazalar tashkil qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Associated Press agentligi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, AQSh bu maqsadda Qizil dengiz sohilidagi Yanbu porti hamda Tabuk va Taif aerodromlaridan foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda.
AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi vakili Bill Urban bu obektlardan baza sifatida foydalanish ehtimolini baholash ishlari bir yildan ortiq vaqtdan buyon olib borilayotganini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu hech qanday ig‘vogarona harakat emas" va AQShning mintaqadagi rolini kuchaytirishni anglatmaydi.
Associated Press ma'lumotiga ko‘ra, AQSh markaziy qo‘mondonligi rahbari general Frenk Makkenzi dushanba kuni Yanbu portiga tashrif buyurgan.
AQShning Yaqin Sharqda harbiy bazalari mavjud, xususan, Saudiya Arabistoni hududida Eskan majmuasi joylashgan.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026