O‘zbekiston | 20:10 / 26.01.2021
5846
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ketma-ket yillarda benzin ishlab chiqarish kamaymoqda

2020 yilda respublikada 1 million tonna benzin ishlab chiqarilgan. O‘tgan yillarda esa undan ko‘proq ishlab chiqarilgandi.

Foto: TASS

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ma'lumot berdi. 

Xususan, o‘tgan yilda 1 million tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich undan avvalgi davrga nisbatan kam bo‘ldi.

2019 yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada benzin ishlab chiqarish hajmi 2018 yilning shu davriga nisbatan kamaygan edi. Mazkur ko‘rsatkich 2018 yilda 1 million 147 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 1 million 25 ming 100 tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Qo‘mita statistikasida 2020 yil davomida sanoat mahsulotlaridan 49,7 milliard kub metr tabiiy gaz, 1,9 ming tonna kerosin, 4,1 million tonna ko‘mir, 733,6 ming tonna neft ishlab chiqarilgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-dekabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (745,7 ming tonna) qisqartirdi - 698,6 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olish 59,4 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (60,3 milliard kub metr).

2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 2,09 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (2,14 million tonna).

Mavzuga oid