Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Beruxsat majlis qilganlar ishdan ketadi» - Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kungi selektorda majlisbozliklar ko‘payib ketganini tanqid qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Hamma tomon otbozor bo‘lib ketdi», – dedi majlisbozliklar haddan ortiq ko‘payib ketganini tanqid qilgan prezident.
«Ko‘p amaldorlar majlisbozlikka kasal bo‘lgan. Buni davolaymiz. Bugundan boshlab, majlis qilmoqchi bo‘lgan hokimlar Administratsiyadan ruxsat olib, uzog‘i 40 minutlik majlis o‘tkazishi mumkin.
Ruxsatsiz majlis o‘tkazgan amaldorlar ishdan ketadi», – ta'kidladi Mirziyoyev.
«Majlislarga ketgan vaqtning 50 foizi tadbirkorlikni rivojlantirishga, korxonalarni obod qilishga sarflansa, odamlar bizdan rozi bo‘ladi», – dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyevning ta'kidicha, iqtisodiy kompleks bir yil mobaynida kuchaytirilgan tartibda faoliyat yuritadi.
«Moliya, bank va soliq sohalarida bir yil favqulodda vaziyat e'lon qildik. Qo‘chqorovdan boshlab barcha moliyachi, bankir va soliqchilar mahallama-mahalla yurib, aholi muammolarini o‘rganadi va hal qiladi», – dedi prezident.
Mavzuga oid
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
20:05 / 11.06.2026
Bolaga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
18:36 / 11.06.2026
Prezident onkologik va gematologik yordam tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi
17:38 / 11.06.2026