Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing 2020 yilni rekord miqdordagi zarar bilan yakunladi
AQShning Boeing korporatsiyasining tushumi 2020 yilda 24 foizga qisqarib, 58,2 mlrd dollarni, ko‘rgan sof zarari esa 11,9 mlrd dollarni tashkil qildi.
Bunday ma'lumotlar Boeing’ning 2020 yil 4-choragi va butun yil uchun bergan moliyaviy hisobotida keltirilgan.
Bundan tashqari, kompaniya yangi modeli 777X’ning yetkazilishi boshlanishi navbatdagi marta ko‘chirilishini ma'lum qildi. Ushbu modelning seriyali ishlab chiqarilishi avval bir necha marta ko‘chirilgan: dastlab uni 2020 yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan, biroq endi gap 2023 yil oxiri haqida bormoqda.
Kompaniyaning o‘tgan yil samolyotlar yetkazib berish hajmi 59 foizga qisqarib, 157ta samolyotni tashkil qilgan. Boeing, shuningdek, 2020 yilda 18,4 mlrd dollar sarflagan.
Kompaniya aksiyalari narxi hisobot e'lon qilingandan keyin 4 foizga tushib ketdi.
Boeing’ning muammolari 2019 yilda 737 Max samolyotlaridan foydalanish ikki aviahalokatdan keyin to‘xtatilgach boshlandi. So‘ngra bu muammolarga pandemiyaning aviatsiya sohasiga salbiy ta'siri qo‘shilgan. Hozirda 737 Max samolyotlari ekspluatatsiyasi unga tegishli o‘zgartirishlar kiritilgani tufayli tiklanmoqda.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026