Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Japarov rasman Qirg‘iziston prezidenti sifatida lavozimga kirishdi
Sadir Japarov Bishkekda o‘tkazilgan marosimda davlat rahbari lavozimida mamlakat xalqiga xizmat qilishga qasamyod qilib, rasman Qirg‘iziston prezidenti sifatida ish boshladi.
Inauguratsiya marosimi Milliy filarmoniya binosida o‘tkazilgan.
«Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga kirishar ekanman, mamlakat xalqiga xizmat qilishga qasamyod qilaman», degan Japarov.
Mamlakat markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shayldabekova yangi prezidentga davlat rahbari ramzlari — ko‘krak nishoni, shtandart va davlat rahbari guvohnomasini topshirgan. Oltin va kumushdan yasalgan ko‘krak belgisi individual hisoblanadi, unga prezidentning ism-sharifi o‘yib yozilgan.
Marosim chog‘ida Japarov o‘tgan yil kuzida mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy inqirozdan chiqishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatilganini ta'kidlagan.
«Qirg‘izistondagi siyosiy voqealar vaqtida Rossiya tomonidan ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirishni istardim. Qo‘shni O‘zbekiston va Qozog‘istonning yordamini ham qayd etishimiz kerak», degan qirg‘izistonliklarning yangi yetakchisi.
Japarov o‘tgan yil oktyabrida Qirg‘izistonda parlament saylovlari ortidan ro‘y bergan tartibsizliklar natijasida hokimiyatga keldi va bosh vazirlikka saylandi. Avvalgi prezident So‘ronboy Jeenbekov iste'foga chiqqach, Japarov prezident vazifasini bajaruvchiga aylandi, ko‘p o‘tmay mamlakatda 2021 yilning 10 yanvarida muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi belgilandi. Saylovda nomzod sifatida ishtirok etish uchun Japarov vaqtincha prezidentlikdan ketdi va bosh vazir vazifasini bajarishni ham to‘xtatdi. 20 yanvar kuni Markaziy saylov komissiyasi ovoz byulletenlari 100 foiz hisoblab chiqilgani va Japarov 79,23 foiz ovoz olganini e'lon qildi. Saylovda davomat 30 foiz atrofida bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026