Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
30 yanvar - O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun. Har yili bu sanani nishonlash, marhumni xotirlash ezgu an'anaga aylangan, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, birinchi prezident xotirasiga hurmat ko‘rsatdi.
Qur'on oyatlari tilovat qilindi. Islom Karimovning ezgu ishlari, oliyjanob insoniy fazilatlari yodga olindi.


Marosimda prezident administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a'zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, poytaxt jamoatchiligi ishtirok etdi.

Birinchi prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.

Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026