O‘zbekiston | 08:08 / 01.02.2021
7069
1 daqiqa o‘qiladi

1 fevralda O‘zbekiston hududi nam havo massalari ta'siri ostida bo‘ladi

1 fevralda kunduz kuni O‘zbekiston hududi hali ham nam havo massalari ta'siri ostida bo‘ladi, deb xabar qilmoqda «O‘zgidromet». 

Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi.  Biroz shamol 7-12 m/s tezlikkacha esadi. Havo harorati 10-12 daraja iliqni  tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid