Jahon | 22:20 / 01.02.2021
3298
1 daqiqa o‘qiladi

Bryussel metrosida noma'lum shaxs bir necha kishini pichoq bilan yaraladi

Belgiya OAVning xabariga ko‘ra, politsiya hujum qilgan shaxsning harakatlariga barham bergan.

Bryussel poytaxt okrugidagi Molenbek-Sen-Jan kommunasida pichoq bilan qurollangan erkak bir necha kishiga hujum qildi, deb xabar bermoqda xorij ommaviy axborot vositalari.

 Ma'lumot berilishicha, u bir necha kishiga jarohat yetkazgan.

Hujum "G‘arbiy vokzal" metro stansiyasida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Belgiya OAVning xabariga ko‘ra, politsiya hujum qilgan shaxsning harakatlariga barham bergan. Uning tirik yoki halok bo‘lgani to‘g‘risida hozircha aniq ma'lumot yo‘q.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid