Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada koronavirusga qarshi emlash izdan chiqish xavfi ostida qoldi
Yanvar oxirlarida Pfizer kompaniyasi Italiyaga vaksina yetkazib berishni avval 29, so‘ngra 20 foizga kamaytirgandi. Mamlakatda AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bilan ham muammo yuzaga kelgan: 55 yoshdan kattalarni bu vaksina bilan emlash tavsiya etilmayapti.
Italiyada koronavirusga qarshi emlash izdan chiqish xavfi ostida: mamlakatga vaksina yetkazib berish masalasi borasida jiddiy muammolar paydo bo‘ldi. Bu haqda koronavirus bilan bog‘liq favqulodda vaziyat bo‘yicha komissar Domeniko Arkuri ma'lum qildi, deb yozmoqda Cosenza Channel.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga yetkazib berilgan vaksina miqdori avval rejalashtirilganidan 60 foizga kam.
«Biz Italiyaga 28,6 million doza vaksina yetkazib berilishi sxemasidan kelib chiqib emlash ishlarini boshlagandik. Endilikda 11,2 million doza vaksina yetkazib berilishi sxemasi bo‘yicha emlamoqdamiz», — dedi Arkuri.
Yanvar oxirlarida Pfizer kompaniyasi Italiyaga vaksina yetkazib berishni avval 29, so‘ngra 20 foizga kamaytirgandi. Mamlakatda AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi bilan ham muammo yuzaga kelgan: 55 yoshdan kattalarni bu vaksina bilan emlash tavsiya etilmayapti.
Oxirgi haftalarda YeI koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berilishi borasida qator muammolarga duch keldi. 15 yanvarda Pfizer kompaniyasi Yevropa mamlakatlariga vaksina yetkazib berish hajmi qisqartirilishini ma'lum qildi. 23 yanvarda esa Bild gazetasi AstraZeneca kompaniyasi Yevropaga kutilayotgan miqdorda vaksina yetkazib bera olmasligi to‘g‘risida xabar berdi.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
18:24 / 22.05.2026