Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston koronavirusning uchinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Elvira Surabaldiyeva koronavirus bo‘yicha ilmiy-maslahat kengashi a'zolari bilan yig‘ilishda koronavirusning uchinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini berdi.
Qirg‘iziston hukumati mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga koronavirus infeksiyasining ehtimoliy uchinchi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.
"Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligiga koronavirus infeksiyasi tarqalishining ehtimoliy uchinchi to‘lqiniga to‘liq tayyorgarlikni ta'minlash bo‘yicha topshiriq berildi", - deyiladi mamlakat hukumati xabarida.
Hukumat matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Elvira Surabaldiyeva koronavirus bo‘yicha ilmiy-maslahat kengashi a'zolari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Tibbiyot muassasalarida yetarlicha asosiy va zaxira joylar tayyorlab, shifokorlarni koronavirus profilaktikasi va davolash bo‘yicha o‘qitib hamda qayta o‘qitib, ehtimoliy uchinchi to‘lqinga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish lozim, dedi Surabaldiyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash vazirligi shuningdek, aholini koronavirusga qarshi emlash masalasi bo‘yicha ishni davom ettirishi lozim.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirish bo‘yicha 84,5 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 1412 kishi kasallikdan vafot etgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026