O‘zbekiston | 14:41 / 03.02.2021
4785
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yangi yo‘l o‘tkazgichlar quriladi

Toshkent viloyati hokimining qaroriga ko‘ra, viloyatda 2021 yilda amalga oshiriladigan qurilish obektlari tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Qayd etilishicha, joriy yilda bir necha chaqirim masofadagi xalqaro ahamiyatdagi, davlat ahamiyatidagi va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari, shuningdek, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish rejalashtirilgan.

Bunyod etiladigan avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi 152,5 kilometrdan iborat. 

Shu bilan birga, 4P-253 “Toshkent shahri – Turkiston shahri – Qozog‘iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 3-kilometridagi temir yo‘l ustidan yo‘l o‘tkazgich qurish, Yangiyo‘l shahridagi Shermatova ko‘chasining yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan 0,7 kilometr qismini rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid