Jahon | 18:25 / 05.02.2021
2619
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada turistik mavsum aprelda ochiladi

Turkiyaga birinchi bo‘lib yevropaliklar keladi, aprel oxiri va may oyida rossiyaliklar hamda angliyaliklar kelishi kutilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Turkiya 2021 yilgi turistik mavsumni aprelda – dastlab O‘rta yer, keyin Egey dengizi sohillarida ochadi. Bu haqda mamlakat turizm vaziri Mehmet Erso‘y ma'lum qildi.

"Mavsum O‘rta yer dengizi sohilida boshlanadi, so‘ngra Egey dengiziga o‘tiladi", - deya undan iqtibos keltirmoqda Haberturk gazetasi.

Erso‘yning qayd etishicha, Turkiyaga birinchi bo‘lib yevropaliklar keladi, aprel oxiri va may oyida rossiyaliklar hamda angliyaliklar kelishi kutilmoqda. Ramazon oyi boshlangach musulmon turistlar tashrif buyura boshlaydi. Vazir avgust oyida turizm to‘liq tiklanishi kutilayotganini aytdi.

 2020 yil natijalariga ko‘ra, Turkiya Gretsiya va Ispaniya kabi ko‘p turist yo‘qotmagan. Mamlakatga 16 mln nafar turist kelgan, daromad 12,1 mlrd dollarni tashkil etgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid