Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Yevropani koronavirusga qarshi emlashni jadallashtirishga chaqirdi
JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyugening so‘zlariga ko‘ra, virus katta tezlikda tarqalmoqda.
Yevropa aholini koronavirusga qarshi emlash kampaniyasini jadallashtirishi zarur. Shu bilan birga, farmatsevtika kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirishi lozim. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ana shunday chaqiriq bilan chiqdi.
"Birinchidan, virus katta tezlikda tarqalmoqda, shu bois ko‘plab odamlar kasallikka chalinmoqda, bu esa shundoq ham zo‘riqib ishlayotgan sog‘liqni saqlash tizimlariga yanada og‘ir bo‘lishini anglatadi. Ikkinchidan, vaksinaning samaradorligi. Janubiy Afrika varianti qator muammolar keltirib chiqarishi to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlar mavjud, ammo bunga hozircha ishonchimiz komil emas. Aynan shu sababli juda hushyor bo‘lishimiz kerak", - dedi JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Klyuge.
Hozirda YeIning barcha mamlakatlarida vaksinatsiya faol amalga oshirilmoqda. Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi AstraZeneca vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi, ammo faqat 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlar uchun.
Italiya hukumati mart oxiriga qadar yetti million kishi emlanishini va'da qilmoqda. Keskin cheklovlardan so‘ng mamlakatning 20ta regionidan 15tasida bar va restoranlar ochildi. Muzeylar faoliyatiga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026