Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon bozorida elektromobillar sotuvi bir yilda qariyb 40 foizga oshdi
Xitoy va Yevropa bozorlarida 1,3 mln dona elektrokar sotilgan bo‘lib, bu AQShdagi sotuv hajmiga nisbatan to‘rt baravarga ko‘p.
Foto: Getty Images
2020 yilda dunyo bozorida elekromobillar sotuvi 2019 yildagiga nisbatan 39 foizga oshdi – yil davomida 3,1 mln dona elektromobil sotildi. Bu haqda Canalys tahliliy kompaniyasi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Xitoy va Yevropa bozorlarida 1,3 mln dona elektrokar sotilgan bo‘lib, bu AQShdagi sotuv hajmiga nisbatan to‘rt baravarga ko‘p.
"AQShda elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi Tesla zavodi bo‘lishiga qaramasdan, elektromobillar mamlakatda sotilgan yangi avtomobillarning atigi 2,4 foizini tashkil etadi ", – deyiladi kompaniya ma'lumotida.
Dunyo bo‘yicha sotilgan avtomobillar orasida elektromobillar ulushi 5 foizni tashkil etgan, 2021 yilda bu ko‘rsatkich 7 foizga yetishi kutilyapti. Kompaniyaning taxminicha, 2030 yilda umumiy sotuv hajmining qariyb 50 foizini elektromobillar tashkil etadi.
Shuningdek, Canalys 2021 yilda elektromobillar savdosi 66 foizga – 5 mln donaga ko‘payishini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 07.01.2026
Yengil avtomobil importida elektromobillar ulushi 70 foizdan oshdi
13:58 / 03.01.2026
BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketdi
13:12 / 03.01.2026
«Besh million sun’iy intellekt yetakchilari»: eng yaxshi maktablar elektromobil oladi
09:25 / 17.12.2025