Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kosmik zondi Mars orbitasiga chiqdi
Xitoy missiyasining maqsadi – Marsda hayot izlarini topish hamda uning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun imkoniyatlarni o‘rganish.
Foto: DPA
Yetti oylik parvozdan so‘ng Xitoyning "Tyanven-1" zondi Mars orbitasiga chiqdi. Bu haqda Xitoy kosmik agentligiga tayanib DW xabar bermoqda.
Stansiya may oyigacha qo‘nishga qulay joy tanlash uchun Mars yuzasini batafsil suratga tushiradi. So‘ngra Marsda yurishga mo‘ljallangan qurilma joylashgan platforma zonddan ajralib chiqadi va Qizil sayyoraga qo‘nadi.
Xitoy missiyasining maqsadi – Marsda hayot izlarini topish hamda uning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun imkoniyatlarni o‘rganish. Marsoxod uch oy davomida sayyorani o‘rganadi, suratga oladi va Mars xaritasini tuzishga yordam beradi.
Xitoy ilgari ham Marsni zabt etishga urinib ko‘rgandi. 2011 yilda Rossiya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatsiz startdan keyin to‘xtatilgan.
9 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al Amal ("Umid") avtomatik sayyoralararo stansiyasi qariyb 500 mln km masofani bosib o‘tib, Mars orbitasiga chiqdi. Marsning elliptik orbitasida joylashadigan mazkur qurilma sayyoraning iqlimi va atmosferasining quyi qatlamlarini o‘rganadi.
Mavzuga oid
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
11:30 / 24.10.2025
Oy va Marsdagi hayot simulyatsiyasining tarixdagi eng yirik sinovi start oldi
08:00 / 20.10.2025
Mask Marsdagi koloniya uchun minimal qancha kishi kerak bo‘lishini hisoblab chiqdi
07:42 / 02.10.2025