Oliy ta'lim vazirligi Malibu-2 sotib olmoqda
Davlat organlaridagi xizmat avtomobillariga oid qaror loyihasi e'lon qilinganiga yarim yil bo‘ldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qariyb 326 mln so‘mga Malibu-2 avtomobilini xarid qilishga shartnoma tuzdi. Tegishli axborot davlat xaridlari portaliga joylandi.
Kun.uz muxbiri vazirlikda qimmatbaho avtomobilga qanchalik zarurat bo‘lgani bilan qiziqib, vazir o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov bilan bog‘landi.
Buzrukxonovga ko‘ra, shartnomada ko‘rsatilgan xizmat avtomobili vazir o‘rinbosarlaridan biri uchun amaldagi xizmat avtomobili texnik jihatdan eskirgani sababli xarid qilinmoqda.
«Shu haqdagi xabar Davlat xaridlari portalida joylashtirilganidan keyin turli izohlar yozilganini ko‘rdim. Avvalo shuni aytish kerakki, xizmat avtomobili vazir uchun emas, vazir o‘rinbosarlaridan biri uchun xarid qilinmoqda. Abduqodir Toshqulov hukumat bergan va barcha vazirlar foydalanadigan xizmat mashinasidan foydalanishda davom etyapti.
Xo‘sh, nega xizmat avtomobili xarid qilyapmiz? Buning sababi, vazir o‘rinbosarlaridan biri 2014 yildan buyon «Lacetti-Gentra» rusumli avtomobildan foydalanib keladi.
Bu yillar davomida ushbu transport vositasining texnik holati eskirgan. Shu tufayli u ko‘p xarajatni talab qilyapti. Biz mana shu xarajatlarni kamaytirish uchun ham uni almashtiryapmiz», – dedi Sarvar Buzrukxonov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Malibu-2 avtomobili avvaldan qilingan reja asosida, budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari ishni Malibu-2 xaridi bilan boshlagandi.
Umuman, 2020 yil davomida garchi pandemiya va u bilan bog‘liq iqtisodiy inqiroz ro‘y bergan bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi ko‘plab markaziy va mahalliy davlat organlari qimmatbaho avtomobillar xarid qilgani jamoatchilik e'tirozlariga sabab bo‘ldi.
Bundan 6 oy oldin, o‘tgan yilning 12 avgustida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgandi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

07:51 / 29.02.2024
1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan uchta davlat xaridida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

23:13 / 30.01.2024
Davlat xaridlarida sun’iy intellektdan foydalanilishi mumkin

07:40 / 16.01.2024
Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklov kuchaytirilishi mumkin

21:26 / 28.11.2023