Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi qariyb 326 mln sömga Malibu-2 avtomobilini xarid qilişga şartnoma tuzdi. Tegişli axborot davlat xaridlari portaliga joylandi.
Kun.uz muxbiri vazirlikda qimmatbaho avtomobilga qançalik zarurat bölgani bilan qiziqib, vazir örinbosari Sarvar Buzrukxonov bilan boğlandi.
Buzrukxonovga köra, şartnomada körsatilgan xizmat avtomobili vazir örinbosarlaridan biri uçun amaldagi xizmat avtomobili texnik jihatdan eskirgani sababli xarid qilinmoqda.
«Şu haqdagi xabar Davlat xaridlari portalida joylaştirilganidan keyin turli izohlar yozilganini kördim. Avvalo şuni aytiş kerakki, xizmat avtomobili vazir uçun emas, vazir örinbosarlaridan biri uçun xarid qilinmoqda. Abduqodir Toşqulov hukumat bergan va barça vazirlar foydalanadigan xizmat maşinasidan foydalanişda davom etyapti.
Xöş, nega xizmat avtomobili xarid qilyapmiz? Buning sababi, vazir örinbosarlaridan biri 2014 yildan buyon «Lacetti-Gentra» rusumli avtomobildan foydalanib keladi.
Bu yillar davomida uşbu transport vositasining texnik holati eskirgan. Şu tufayli u köp xarajatni talab qilyapti. Biz mana şu xarajatlarni kamaytiriş uçun ham uni almaştiryapmiz», – dedi Sarvar Buzrukxonov.
Uning qöşimça qilişiça, Malibu-2 avtomobili avvaldan qilingan reja asosida, budjetdan taşqari mablağlar hisobidan xarid qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, dekabr oyida Qoraqalpoğiston Soğliqni saqlaş vazirligining yangi rahbari işni Malibu-2 xaridi bilan boşlagandi.
Umuman, 2020 yil davomida garçi pandemiya va u bilan boğliq iqtisodiy inqiroz röy bergan bölsa-da, Özbekistondagi köplab markaziy va mahalliy davlat organlari qimmatbaho avtomobillar xarid qilgani jamoatçilik e'tirozlariga sabab böldi.
Bundan 6 oy oldin, ötgan yilning 12 avgustida «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalaniş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori loyihasi muhokamaga












