Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri Murod Qurbonov «UzAuto Motors» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan Malibu-2 rusumli maşinani 311 million 124 ming 67 sömga sotib oliş böyiça şartnomani 11 dekabr kuni imzolagan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirlik yangi avtomobil xarididan közlangan maqsad şartnomada oçiqlanmagan.

Murod Qurbonov vazirlikda egallab turgan lavozimiga 9 noyabr kuni kirişgani haqida xabar berilgandi.

Şuningdek, Quriliş vazirligi ikkita Malibu-2 xarid qilişga rozilik olib, 16 dekabr kuni avtomobillarni 324 million 450 ming sömdan xarid qilgan.

Bundan taşqari,  Vazirlar Mahkamasi apparati Xöjalik faoliyati boşqarmasi Avtoxöjaligi 27 noyabr kuni Malibu-2 sotib oliş böyiça şartnoma imzolagan.

Ma'lumot uçun, 12 noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan qariyb 883 mln sömga Toyota Prado avtomobili sotib olingan. Namangan viloyat hokimligi 2 iyulda 1 mlrd 579 mln sömga Touota LC 200 avtomobilini, 23 sentyabrda 398 mln sömga Trailblazer LTZ AT rusumli avtomobilni sotib olgan.

Pop va Uçqörğon tuman hokimliklari tomonidan 9 va 13 oktyabr kunlari Trailblazer LTZ AT rusumli avtomobillar sotib olingan.

Jizzax viloyati