«Avtomobil – haşamat emas, harakatlaniş vositasi» deganida naqadar haq edi «Oltin buzoq» romani qahramoni Ostap Bender.

Ammo sönggi oylarda yurtimizda davlat xaridlari sohasida bu uçqur fikrga mutlaqo teskari işlar bölmoqda. Davlat hokimiyati va boşqaruv organlari rahbarlari uçun zamonaviy va qimmat avtomobillar xarid qilinayotganiga bot-bot guvoh bölmoqdamiz.

Keling, uşbu davlat xaridlaridan bir neçtasini körib ötamiz.

12 noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi tomonidan qariyb 883 mln sömga Toyota Prado avtomobili sotib olingan.

Namangan viloyatida:

Viloyat hokimligi:
2 iyulda 1 mlrd 579 mln sömga Touota LC 200 avtomobilini;

23 sentyabrda 398 mln sömga Trailblazer LTZ AT rusumli avtomobilni sotib olgan.

Pop va Uçqörğon tuman hokimliklari tomonidan 9 va 13 oktyabr kunlari Trailblazer LTZ AT rusumli avtomobillar sotib olingan.

Jizzax viloyatining Zarbdor va Mirzaçöl tumanlari hokimliklari tomonidan 9 va 16 oktyabr kunlari 370 mln sömdan Trailblazer LTZ AT rusumli avtomobili xarid qilingan.