Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 100ta uy xo‘jaligiga 49ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda
Bu ko‘rsatkich 10 yil oldin 21ta, 5 yil oldin 42ta edi.
Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari bo‘yicha natijalarni e'lon qildi.
Unga ko‘ra, 2020 yilning yanvar–dekabr oylarida 100ta uy xo‘jaligiga 49ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Ma'lumot uchun, 2010 yilda 100ta uy xo‘jaligiga 21ta, 2015 yilda 42ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, 2020 yilning yanvar–dekabr oylari holatiga ko‘ra, 100ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar soni 162 tani tashkil etgan.
Ma'lumot o‘rnida, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 132ta, 2015 yilda esa 152ta ekani qayd etilgan.
2020 yil davomida 100 ta xonadonga to‘g‘ri kelgan mobil telefonlar soni 287ta ekani ma'lum qilindi.
Bu ko‘rsatkich 2010 yilda 145 tani, 2015 yilda esa 234 tani tashkil qilgan.
Mavzuga oid
17:40
O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish boshlandi
15:13
Hududlar reytingi: metallurgiya ishlab chiqarishida Navoiy va Toshkent viloyati oldinda
14:54
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
14:07