Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada jangarilar bir necha yuz talabani o‘g‘irlab ketdi
Nigeriya g‘arbidagi Kagara shag‘rida qurollangan kishilaar davlat kollejiga hujum qilib, bir necha yuz talabani va o‘qituvchilarni o‘g‘irlab ketdi. Bir necha talaba va kollejning bir xodimi qochishga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar berdi Express nashri.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, hujum vaqtida bir talaba halok bo‘lgan, bir nechasi yarador bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, jangarilar talabalar kiyimida bo‘lgan va kollej yotoqxonasiga tunda bostirib kirgan.
Hozirda asir olingan odamlar soni aniqlashtirilmoqda.
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy darhol talabalarni qutqarish bo‘yicha amaliyot boshlashni buyurgan.
Oxirgi 2 hafta davomida Nigeriya g‘arbidagi Niger shtatida jinoyatchilar odamlarni garovga olish maqsadida hujumlar uyushtirmoqda. Jumladan, 15 fevralda ushbu hududda qurollangan kishilar avtobusga hujum qilib, 21 yo‘lovchini o‘g‘irlab ketgan.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025