Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi bozorlarga birgalikda kirishni rejalashtirmoqda
2021 yil 18 fevral kuni Nur-Sulton shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan qabul qilindi.
Foto: TIV axborot xizmati
TIV xabariga ko‘ra, vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga maktubini topshirdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, tadbirkorlik sub'yektlari va hududlarning o‘zaro aloqalarini jadallashtirish, madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkillashtirishga yo‘naltirilgan qo‘shma dastur va loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Markaziy Osiyodagi hozirgi vaziyat, mintaqaviy hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha shakllanayotgan imkoniyatlar, shuningdek, yangi istiqbolli bozorlarga birgalikda kirish bo‘yicha rejalar yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025