Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texasdagi qahraton sovuq Yevropada gaz narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi
Texas hukumati qahraton sovuq sababli shtatdan tashqariga gaz eksportiga cheklov qo‘ydi.
Texasda yuz bergan anomal sovuq va gaz eksportining vaqtincha taqiqlanishi natijasida Yevropada gaz narxi ko‘tarildi.
18 fevral kuni Hollandiyaning butun jahondagi narxlarga ta'sir ko‘rsatuvchi TTF habida ming kub metr gaz narxi 213 dollargacha oshdi.
Texas hukumati qahraton sovuq sababli shtatdan tashqariga gaz eksportiga cheklov qo‘ydi. Past harorat elektr energiyasi ta'minotida uzilishlarga sabab bo‘lmoqda, neft qazib olish kamaygan.
Yevropadagi yerosti omborlarida gaz zaxirasi 40 foizdan kamayib ketdi – payshanba kuni zaxira 39,82 foizni tashkil etdi.
Gas Infrastructure Europe portalining ma'lumot berishicha, Germaniyada gaz zaxirasi 31,72 foizga, Avstriyada 42,2, Chexiyada 37,14, Polshada 49,52, Fransiyada 26,48 foizgacha kamaygan.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026