Jahon | 21:16 / 24.02.2021
4220
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkong aholisiga xarajatlar uchun pul tarqatiladi

Hongkong hukumati o‘tgan yil fevralida aholiga do‘konlardan narsa sotib olishi uchun 10 ming hongkong dollaridan tarqatgandi.

Foto: RIA Novosti

Hongkong aholisiga besh ming hongkong dollariga (645 dollarga yaqin) teng kuponlar shunchaki tarqatiladi, deb yozmoqda Hong Kong Free Press.

 Mahalliy hokimiyatning fikricha, bu iste'molchilar xarajatlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu dastur uchun 36 milliard hongkong dollari sarflash rejalashtirilgan, undan 7,2 millionga yaqin kishi foydalanishi mumkin. Har oyda ming hongkong dollariga teng kupon beriladi.

Hongkong hukumati o‘tgan yil fevralida aholiga do‘konlardan narsa sotib olishi uchun 10 ming hongkong dollaridan tarqatgandi.

O‘tgan yilning iyunida Pekin hokimiyati ham do‘kon, restoran, sport, ta'lim yoki sayohat uchun aholiga 12,2 milliard yuanlik (1,7 milliard dollar) vaucher tarqatgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid