AQSh Saudiya Arabistoniga hujum qurollari sotilishini cheklashi mumkin – OAV
Jo Bayden 4 fevral kuni Vashington arab koalitsiyasining Yamandagi jangovar operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini aytgandi.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati arab koalitsiyasining Yamandagi jangovar operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatish qarori bois Saudiya Arabistoniga mudofaa qurollaridan boshqa qurollarni sotmasligi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlik manbalarining ma'lumot berishicha, hozirda qanday qurollar mudofaa quroli hisoblanishi muhokama qilinmoqda.
"Garchi Saudiya Arabistoni o‘z hududi va xalqini himoya qilishi uchun barcha narsa bilan ta'minlashga harakat qilsak-da, Yamandagi nizo nihoyasiga yetishini ko‘zlayapmiz", - degan davlat departamenti vakili.
Bayden 4 fevral kuni Vashington arab koalitsiyasining Yamandagi jangovar operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishini aytgandi.
Shu bilan birga, u Saudiya Arabistoni "Eron qo‘llab-quvvatlayotgan kuchlar tomonidan" raketa hujumlariga duch kelayotgani, shu bois AQSh qirollikka "suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xalqini himoya qilish"da yordam berishini ta'kidlagandi.
Mavzuga oid
20:57 / 24.10.2024
Sobiq model Steysi Uilyams Trampni tegajog‘likda aybladi
20:17 / 24.10.2024
Boyvachcha, shoumen, populist - Donald Tramp hayotiga nazar
09:10 / 24.10.2024
Millionlab amerikaliklar prezidentlik saylovida ovoz berib bo‘ldi
22:17 / 23.10.2024