Ilon Mask kuniga deyarli 14 mlrd dollar yo‘qotdi
Tesla va SpaceX kompaniyalarini boshqaradigan amerikalik ishbilarmon Ilon Maskning boyligi Tesla aksiyalarining pasayishi tufayli deyarli 14 mlrd dollarga kamaydi, deb Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Maskning boyligi 176 mlrd dollarga baholanmoqda, u hozirda agentlikning dunyodagi eng boy odamlar reytingida ikkinchi qatorni egallab turibdi. Ta'kidlanishicha, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan kim oshdi savdosida Tesla aksiyalari qiymatining deyarli 8,06 foizga pasayishi natijasida tadbirkor 13,6 mlrd dollar yo‘qotgan.
Endi dunyoning eng boy odamlari reytingini Amerikaning Amazon korporatsiyasining asoschisi Jyeff Bezos 180 mlrd dollar bilan boshqarib turibdi.
Avvalroq Mask bitkoin pasaygani natijasida 15 mlrd dollar yo‘qotgani va eng boy odam maqomidan mahrum bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
23:28 / 23.10.2024
Mask Ambaniga qarshi: milliarderlar Hindistonda sun’iy yo‘ldosh interneti uchun kurashadi
19:25 / 22.10.2024
Ilon Mask amerikalik saylovchilarga pul tarqatmoqda. Bu qonuniymi?
18:45 / 20.10.2024
Mask AQSh prezidentlik sayloviga qadar kuniga 1 mln dollarlik lotereyani e’lon qildi
11:00 / 17.10.2024