Jahon | 14:48 / 01.03.2021
18443
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi ish haftasi eng qisqa mamlakat nomi ma'lum qilindi

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, Niderlandiyada ayollar haftasiga 25 soat, erkaklar esa 34 soat ishlaydi. 

Foto: Reuters

Niderlandiya dunyodagi ish haftasi eng qisqa mamlakati deb topildi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, Niderlandiyada ayollar haftasiga 25 soat, erkaklar esa 34 soat ishlaydi.  

Niderlandiyada shuningdek, bandlik darajasi 76 foiz atrofida bo‘lib, mamlakatda ish topish juda oson. Tashkilot 35 mamlakatdagi ma'lumotlarni taqqoslash asnosida ushbu xulosaga kelgan.

Qayd etilishicha, Islandiyada bandlik darajasi eng yuqori - 86 foizni tashkil etadi, ish vaqti esa haftasiga o‘rtacha 39 soatga teng. Janubiy Afrikada bandlik darajasi atigi 43 foiz, ish vaqti ham haftasiga 43 soat. Tashkilot statistikasiga ko‘ra, eng uzun ish haftasi Turkiya va Kolumbiyada – o‘rtacha 48 soat.

Ma'lumot berilishicha, Yevropadagilar boshqa har qanday qit'adagilardan ko‘ra kamroq ishlaydi.  

Mavzuga oid