Jahon | 15:02 / 02.03.2021
2839
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami jo‘natadi

Bundan tashqari, To‘qayev Qozog‘iston Qirg‘iziston qurolli kuchlariga harbiy-texnik ko‘mak berishini ma'lum qilgan.

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston Qirg‘iziston armiyasiga yordam berishga hamda ushbu mamlakat xalqiga insonparvarlik yordami jo‘natishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki mamlakat rahbarlarining qo‘shma brifingida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

"Qozog‘iston qirg‘iz xalqiga insonparvarlik yordami sifatida tibbiy ashyolar va dorilarning navbatdagi partiyasini jo‘natishga tayyorligini tasdiqladi", - deyiladi Oqo‘rda saytida.

Bundan tashqari, To‘qayev Qozog‘iston Qirg‘iziston qurolli kuchlariga harbiy-texnik ko‘mak berishini ma'lum qilgan.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 2 mart kuni Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan kelgan.

Avvalroq Qozog‘iston mudofaa vazirligi Tojikiston va Qirg‘izistonga beg‘araz harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ikkita loyiha ishlab chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid