Ukraina prezidenti koronavirusga qarshi emlandi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqqan Covishield vaksinasi bilan emlanganini ma'lum qildi. Zelenskiyning ta'kidlashicha, u bosh qo‘mondon sifatida harbiylar bilan birga emlangan.
Ukraina prezidenti 2020 yil noyabrda koronavirusni boshdan o‘tkazgandi.
“Koronavirusga qarshi emlandim. Buni bosh qo‘mondon sifatida askarlarimiz bilan birga old safda amalga oshirdim. Vaksina bizga yana cheklovlarsiz yashash imkonini beradi”, deb yozgan Zelenskiy Twitter’da.
23 fevralda Ukrainada Oxford/AstraZeneca vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan va 24 fevraldan u bilan emlash boshlangan. 2021 yil 1-2-choraklarida Ukrainaga ushbu vaksinadan 2,2-3,7 mln doza yetkaziladi.
Mavzuga oid
19:59 / 25.10.2024
Zelenskiy BMT bosh kotibini Kiyevda qabul qilishdan bosh tortdi
11:50 / 25.10.2024
Shols Zelenskiyning NATOga taklif qilish haqidagi iltimosini rad etdi
12:50 / 24.10.2024
Zelenskiy G7'ga Ukrainaga ko‘p milliardlik yordam uchun minnatdorchilik bildirdi
11:40 / 24.10.2024