Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Erondan bir tomonlama sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi
Turkiya prezidenti shuningdek, yadroviy kelishuvni ham qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Erondan bir tomonlama sanksiyalarni olib tashlashga chaqirdi.
"Erondan bir tomonlama sanksiyalarning olib tashlanishi mintaqaning iqtisodiy farovon bo‘lishi va barqarorlik o‘rnatilishiga yordam beradi", - dedi u Islom sakkizligi (Bangladesh, Misr, Nigeriya, Indoneziya, Eron, Malayziya, Pokiston, Turkiya) rahbarlarining 14-onlayn sammitida qilgan chiqishida.
Erdo‘g‘an shuningdek, yadroviy kelishuvni ham qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh sanksiyalarining bekor qilinishi yadroviy kelishuvni saqlab qolishning yagona yo‘li ekanligini aytgandi.
2020 yil dekabrda qabul qilingan qonunga muvofiq, Eronda 23 fevraldan yadroviy obektlarning Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) tomonidan nazorat qilinishi cheklandi.
Shu bilan birga, Eron XAEA 23 fevraldan boshlab yadroviy obektlardagi kuzatuv kameralari ma'lumotlariga kirishdan mahrum bo‘lishini, ammo ushbu ma'lumotlar AQSh sanksiyalari bekor qilinishi ehtimoli uchun uch oy davomida saqlanishini bildirdi. Ta'kidlanishicha, agar Vashington ushbu muddat ichida yadroviy kelishuvga qaytmasa, kameralar qayd etgan barcha ma'lumotlar o‘chirib tashlanadi.
Mavzuga oid
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026