Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada karantin mart oyi oxirigacha uzaytirildi
Germaniyada karantin rejimi mart oyi oxirigacha uzaytiriladi, biroq hukumat epidemiologik vaziyat imkon bersa, cheklovlarni ertaroq yumshatishga kelishib oldi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel xabar qildi.
Zuddeuche Zeitung nashrining ma'lum qilishicha, Germaniyada karantin rejimi 28 martgacha uzaytiriladi, biroq cheklovlar yumshatilishi 8 martdan boshlanishi mumkin. Jumladan, 100 ming aholiga kasallanish holati 50tadan kamni tashkil qilgan hududlarda kitob va gul do‘konlari ochiladi. Bundan tashqari, tashrif uchun oldindan buyurtma berilgan holda muzeylar, galereyalar, botanika bog‘lari va hayvonot bog‘lari ochilishi mumkin.
Agar kasallanish darajasi pasayadigan bo‘lsa, 2 haftadan keyin cheklovlar yumshatilishining yangi bosqichiga o‘tilishi mumkin. Jumladan, koronavirusga manfiy test taqdim qilgan holda teatr, konsert, opera va kinozallarga tashrif buyurishga ruxsat berilishi mumkin.
Merkelning ta'kidlashicha, cheklovlarning bekor qilinishi haqidagi qarorni hududlar ma'muriyati qabul qiladi.
Bu orada Germaniya vitse-kansleri Olaf Shols Zuddeuche Zeitung’ga bergan intervyusida koronavirusga qarshi emlanganlar uchun cheklovlarni bekor qilish zarurligini aytib o‘tgan. U vaksina olganlarga manfiy ekspress-test talab qilinuvchi barcha joylarga kirishga ruxsat berilishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026