Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand–Istanbul–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar tiklanmoqda
Foto: Kun.uz
«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi 29 martdan boshlab Samarqand–Istanbul–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, parvozlar haftasiga uch marotaba, dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
- Samarqand – Istanbul – uchish soat 20:05da, qo‘nish 23:05da.
- Istanbul – Samarqand – uchish 00:35da, qo‘nish 06:50da.
Ta'kidlanishicha, aviakompaniyaga tegishli kassalarda chiptalar sotilmoqda. Ma'lum bo‘lishicha, chiptalar narxi joy o‘rni va muddatiga qarab 3 million 420 ming so‘mdan boshlab, 7,2 million so‘mgacha bo‘ladi.
Ma'lumot o‘rnida, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Turkish airlines» aviakompaniyasi Istanbul – Samarqand yo‘nalishida muntazam qatnovlarni 28 martdan tiklayotgani haqida xabarlar chiqqan edi. Unga ko‘ra, Turkiya aviakompaniyasi tomonidan qatnovlar haftaning seshanba, juma va yakshanba kunlarida amalga oshiriladi. Chiptalarning eng arzoni 294 dollardan sotilyapti.
Mavzuga oid
20:41 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi
11:06 / 10.11.2025
AQShda budjet bo‘yicha bahs aviaqatnovlarni to‘xtatib qo‘ydi
11:56 / 16.10.2025
Malayziya aviakompaniyasi Kuala-Lumpur - Toshkent yo‘nalishida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
18:13 / 19.09.2025