Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida to‘qqiz nafar harbiy halok bo‘ldi
Ma'lumot berilishicha, halokat natijasida to‘rt nafar harbiy jarohatlangan.
Turkiya sharqida vertolyot qulab tushishi oqibatida to‘qqiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ihlas agentligi xabar bermoqda.
"Quruqlikdagi qo‘shinlarimizga qarashli Cougar vertolyoti soat 13:55da Bingo‘ldan Tatvanga yo‘l olgan. Soat 14:25da u bilan aloqa uzilgan. To‘qqiz nafar harbiy halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari jarohatlangan", - deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi xabarida.
Agentlikning ma'lumot berishicha, hodisa joyiga harbiylar, tez yordam va qutqaruvchilar guruhi jo‘natilgan.
Mavzuga oid
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
11:22 / 23.03.2026